DADABOYEVA HALIMA
QURBONOVNA – 1952-yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan, oilali, 1 nafar o’z farzandi va yana 293 nafar Maktab-internat o’quvchilarining onasi. 1974-yil Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlab, 1974-1977-yillarda Pop tumanidagi 16-maktabda geografiya fani o’qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan.
XDP a’zosi. Rus tilini yaxshi biladi. Qo’lga kiritgan mukofotlari: «Xalq ma’orifi a’lochisi», «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil» ko’krak nishoni, «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» ko’krak nishoni.
NOMOZOV HAMIDJON RUSTAMOVICH – 1957-yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan. 1990-yil Qo’qon Davlat pedagogika institutini tamomlab, Pop tumanidagi 16-maktabda matematika fani o’qituvchisi, 1996-1999-yillarda 16-maktab matematika fani o’qituvchisi va o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, 1999-2006-yillarda Pop tumani 16-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati matematika fani o’qituvchisi va o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifalarida ishlagan. 2006-yildan buyon Pop tumani 16-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktori o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Rus tilini yaxshi biladi. Qo’lga kiritgan mukofotlari: «Xalq ta’limi ma’orifi a’lochisi»
QURBONOVA NIGORA HAMIDJONOVNA – 1971-yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan. 1999-yil O’zbekiston Davlat jahon tillar universitetini tamomlab, 1990-yildan Pop tumandagi 16-sonli maktabida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.
QOSIMOV HAMIDJON KARIMJONOVICH – 1990-yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan. 2015-yil Muqimiy nomli Qo’qon Davlat pedagogika institutini tamomlab, 2015-yildan Namangan viloyati Pop tumanidagi 16-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining guruh tarbiyachisi vazifasidan mehnat faoliyatini boshlagan.