Maktab-internatimiz haqida

MAKTAB-INTERNATNING TASHKIL ETILISHI

Mamlakatimiz  istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq buyuk-ma’naviyatimiz va Maktab internatimiz tashqi ko'rinishiqadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tarbiya tizimini shakllantirish zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi. Va bu borada viloyatimizda ta’lim taraqqiyotini ta’minlay oladigan  darajada ko’pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi.
DSC_0418Aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Ta’lim to’g’risida”gi  Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish hamda ta’lim jarayonlarini takomillashtirish va tumanning chekka qishloqlaridagi iqtidorli bolalarning imkoniyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Dilshoda Dadajonovaning tashabbusi bilan Namangan viloyati hokimligi Xalq ta’limi boshqarmasining 1999-yil 1-DSC_0425iyundagi 119/1-A sonli buyrug’iga, Pop tuman hokimligining 1999-yil 21-iyuldagi № 551-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi  “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan Davlat ixtisoslashgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 173-sonli hamda Namangan viloyati hokimining 2008-yil 22-avgustdagi №149-sonli qarorlariga muvofiq Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati sifatida qayta tashkil etildi.  Mazkur Davlat maktab-internatiga 26 yil mehnat faoliyatiga ega bo’lgan va shundan 22 yillik umrini Vatanimizning turli jabhalarida rahbarlik faoliyatiga bag’ishlagan fidoiy, jonkuyar ayol Xalima Dadaboyeva direktor etib tayinlandi. Hozirgi vaqtda maktab-internatda X.Dadaboyeva direktor, H.Nomozov o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, A.Husanov yo’nalish fanlar bo’yicha direktor o’rinbosari, E.Madvaliyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Maktab-internat tashkil etilgandan boshlab o’zining 16-yillik faoliyatida iqtidorli o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berib, o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshira borib, qator yutuqlarni qo’lga kiritdi.

 MAKTAB-INTERNAT JAMOASI HAQIDA

Maktab-internatimizda har bir fan bo’yicha tumanning eng malakali pedagog hodimlari jamlangan. Hozirgi kunda maktab-internatda 29 nafar fan o’qituvchilari bo’lib, ulardan oliy toifali 2 nafar, I toifali 6 nafar, II toifali 11 nafar, mutaxassislar 10 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga 18 nafar oliy ma’lumotli tarbiyachilar o’quvchilarga zamonaviy talablar asosida bilim berib kelmoqdalar. Bundan tashqari 33 nafar ishchi-hodimlar maktab hududida o’quvchilar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilish, maktab-internat hududini obodonlashtirish va ozodalikni saqlashda sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

 MAKTAB-INTERNATNING MODDIY TEXNIK TA’MINOTI

DSC_0462Muassasamizda ta’lim olayotgan 297 nafar o’quvchilarning o’qishi va dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o’quvchilar uchun 640 o’rinli loyihaviy shinam o’quv binosi, 220 o’rinli yotoqxona va 110 o’rinliDSC_0454 oshxona, ma’naviyat, tibbiyot xonasi, tashxis markazi, monitoring xonasi, kitob fondiga ega bo’lgan axborot resurs markazi (ARM)  xizmat
ko’rsatmoqda. 2009-yil maktab-internat umummilliy dastur asosida yangi mebel va o’quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.Faollar zali rekonstruksiya qilinib ishga tushirildi. Osiyo taraqqiyoti banki granti asosida DSC_0457Axborot resurs markazi va ikkita klaster sinfi zamonaviy kompyuter texnika jihozlari va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanib, o’quvchilarning DTS talablari asosida bilim, ko’nikma va malaka egallashlari uchun xizmat qilmoqda.

USTOZLAR MALAKASI YOSHLARGA IBRAT

 Maktab-internatimizda o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish bilan birga o’z ustida ishlab yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgan ustozlarimiz ham talaygina. 2015-yilda o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari H.Nomozov Respublika xalq ta’limi ma’orifi a’lochisi unvoniga sazovor bo’ldi.
Maktab-internatimizda har bir bolaning qobiliyati va iste’dodini o’z vaqtida payqash, ularni ro’yobga chiqarish borasida har bir fan o’qituvchisi o’zining asosiy vazifasi deb biladi. Bulardan Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, X.Parpiyeva, rus tili fani o’qituvchisi N.Qurbonova, matematika fani o’qiruvchilari A.Xusanov, N.Yusupova, M.Qodirov, A.Usmonov,  tarix va huquq fani o’qituvchisi A.Begmatov, geografiya fani o’qituvchisi D.G’abborova, biologiya fani o’qituvchisi G.Xudoyberganovalar o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida maktab-internatda turli xil fan to’garaklarini, jumladan: “Руская граматика”, “Yosh qalamkash”, “Kimyogar”, “Qiziqarli matematika”, “Algoritm”, “Funny English”, “Yosh tarixchilar”, “Yosh huquqshunos” singari fan to’garaklarini tashkil etganlar.
O’tgan yillar mobaynida maktab-internatimiz o’quvchilarimiz viloyat va respublika fan olimpiadalarida qatnashib, 32 nafar o’quvchi faxrli o’rinlarga sazovor bo’lib, ulardan    8 nafari respublika fan olimpiadasida qatnashib munosib o’rinlarni egallab, viloyatimiz, tumanimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Ta’kidlash joizki, o’tgan 16 yillikda amalga oshirilgan ishlar yoshlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida Vatanga muhabbat, istiqlolimiz g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aqlan yetuk, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol inson bo’lib yetishish masalalariga qaratildi. Maktab-internat pedagog hodimlarining kelgusidagi muqaddas burchlari, shiddatkor davrimiz, ular oldiga qo’yayotgan barcha talab va vazifalarni bajarishga munosib hissa qo’shishdan iboratdir.